Mamlakatdagi umumta'lim muassasalarida “Milliy ğoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyğusi” kabi fanlarni birlaştirgan holda, 2020/2021 öquv yilidan yagona “Tarbiya” fani bosqiçma-bosqiç joriy qilinadi.

2019 yil 23 avgust kuni Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va jamiyatda öqituvçi mavqeini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida kengaytirilgan tarzda ötkazilgan yiğiliş bayonida aytilişiça, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xalq ta'limi vazirligi (Şermatov) bilan birgalikda bir oy muddatda bu böyiça amaliy çoralar köradi.

Boş vazir örinbosari A.Abduhakimov, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi (Majidov), Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi, Maktabgaça ta'lim vazirligi (Şin), Xalq ta'limi vazirligi (Şermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Qudbiyev) bir oy muddatda maktabda tarbiyaviy işlarni taşkil etadigan yangi professional pedagoglar avlodini tayyorlaş böyiça takliflarni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.

«Hokimlar maktab va bola tarbiyasi masalasi bilan umuman şuğullanayotgani yöq» - Prezident