Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 avgustga ötar keçasi umra ibodatini ado qildi.
Özbekiston yetakçisi ziyoratni boşlaşi oldidan islom ummati uçun eng muqaddas masjid bölmiş Masjidul Harom hovlisida katta taşkiliy va xavfsizlik çora-tadbirlari amalga oşirildi. Ka’batulloh qöriqçilari xavfsizlik yuqori darajada bölişi uçun Şavkat Mirziyoyevga Ka’baga borguniga qadar jonli yölak taşkil qilib berişdi.
Özbekiston yetakçisi avvaliga Ka’ba içiga kirib tört tomonga qarab namoz öqidi, xalqimiz haqiga duo qildi. Söng prezident közida yoş bilan islom ummatining qiblasi bölmiş Ka’batullohni tavof qildi.


Umra tartibiga köra Ka’ba 7 marta aylanib tavof qilinadi. Tavofda törtta aylaniş farz, qolgan uçtasi vojibdir. Tavof «Hajarul asvad»ning röparasidan boşlanadi. Ka’bani aylanib tavofni boşlagan joyiga kelganda bir tavof hisoblanadi.


Ka’batullohni tavof qilib bölgaç, prezident Maqomi Ibrohim ortida 2 ra’kat namoz öqib, sa’y amalini bajarişga kirişdi. Ya’ni, Safo tepaligidan Marva tepaligi tomon ezgu niyat va duolar qilib, 7 martta yurib borib kelindi.

📸 Şavkat Mirziyoyev payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning qabrlarini ziyorat qildi
Qutluğ ibodat vaqtida prezidentga muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov hamda özbekistonlik ulamo Alijon qori hamrohlik qildi. Alijon qori ibodat bekam-u köst bajarilişi uçun amallarni va ibodat davomida aytiladigan duolarni eslatib turdi.




















