Buxoro viloyatida elektromobil işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin. Bu prezidentning “2018-2019 yillarda investitsion va infratuzilma loyihalarini amalga oşirişni jadallaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosi doirasida röyobga çiqariladi, deb yozmoqda “Xalq sözi”.

Mazkur hujjat asosida istiqbolli hududiy loyihalar röyxati tasdiqlangan. Masalan, Buxoro viloyatida umumiy qiymati 273 million dollarlik yettita loyiha belgilangan. Ulardan biri muqobil energiya manbalari va elektromobillar işlab çiqarişdir.

Ayni paytda mazkur loyihaga 64 million AQŞ dollar miqdorida xorij investitsiyasi jalb etilişi aytilmoqda. Loyihani amalga oşirişning taxminiy muddati 2019-2020 yillar. Bu boradagi loyiha quvvati aniqlanyapti. Uşbu sohada xorijlik sarmoyador va şerik sifatida Xitoyning Henan Suda Electric Vehicle Technology Co., Ltd eng yirik elektromobil işlab çiqaruvçi kompaniyasi körsatib ötilgan.

Xitoy brendiga 2010 yilda asos solingan. Ayni paytda u bozorga ikkita Suda Yinse va Suda Lance markasini yetkazib berayotir. 2017 yil martida esa elektromobil işlab çiqariş böyiça umumiy qiymati 377 million dollarlik va yillik quvvati 100 000 donaga teng bölgan yangi loyihasi haqida ma'lum qilgan edi.

Bundan taşqari, Buxoroda yana qator istiqbolli loyihalar, jumladan, Germaniya bilan (100 mln. dollar) hamkorlikda quyoş elektrostansiyasi, Turkiya bilan (15 mln. dollar) issiqlik konstruksiyalari, Xitoy bilan (30 mln.) DSP va DVP mahsulotlari işlab çiqariş maqsad qilingan.