Chinozda tadbirkorga pora evaziga 1,3 gektar yer ajratib berishni va'da qilgan tuman hokimligi xodimi ushlandi
O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmati mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qator qonunbuzarliklarni aniqladi. Bu haqda DXX matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar qildi.
Xususan, Toshkent viloyatining Chinoz tumani hokimligida ishlovchi mansabdor shaxs baliqchilik xo‘jaligi tashkil etishni rejalashtirgan tadbirkorga 1,3 gektar yer maydoni ajratilishiga yordam berishini aytib, xizmati evaziga 12 800 AQSh dollari talab qiladi.
DXX Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlarining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxs dastlabki hujjatlarni tayyorlash uchun so‘ralgan puldan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, Xorazm viloyati Gurlan tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro ukasining nomiga auksionda yutib olingan 5 sotix yerni, shuningdek, uning yonida joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi 48 sotix yer maydonini hokimlikda ishlovchi mansabdor tanishlari yordamida xaridor fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni va'da qilib, evaziga jami 46 ming AQSh dollari so‘raydi.
Shundan 20 ming AQSh dollarini avans sifatida olgan vaqtida DXX va Departament xodimlari tomonidan ushlandi.
Shu bilan birga, Sirdaryo viloyatida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish) bilan ayblanayotgan, Guliston shahrida yashovchi fuqaroga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam berishini aytib, 5 ming AQSh dollari so‘raydi.
DXX, Bosh prokuratura va Departamentning viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi.
Bundan tashqari, DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kasbi tumanida yashovchi shaxs Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni o‘zining tanishlari orqali Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga undan 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Yana bir holatda Qarshi tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bosh hisobchisi «temir daftar»ga kiritilgan uch nafar fuqaroga 6 million 690 ming so‘mdan, jami 20 million 70 ming so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari olishlarida yordam berishini aytib, evaziga 600 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va Departament xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda kuzatilgan sel kichik talafotlar keltirdi
Jahon | 14:22
-
Trampni qo‘llagan badavlat amerikaliklar ham endi undan darg‘azab
Jahon | 14:11
-
Yaponiya O‘zbekistonda farmatsevtika zavodi qurishni rejalashtiryapti
Iqtisodiyot | 14:08
-
G‘azoda istehkomlar qurayotgan Isroil, Ukrainada yangi hududlarga hujum boshlagan Rossiya va Xitoyga 125 foizli boj joriy etgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 13:43
Mavzuga oid

08:07
DXX: Respublika miqyosida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi

11:54 / 28.03.2025
Futbol bo‘yicha DXX kubogi boshlanmoqda

10:32 / 28.03.2025
Toshkentda 4 ta maktabning futbol maydonini ijaraga olib bermoqchi bo‘lgan bog‘cha rahbari ushlandi

12:36 / 26.03.2025