Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«IIV xodimlari ishiga xalaqit bermagan holda tasvirga olish va xohlagan platformaga videoni qo‘yish mumkin» – Shohrux G‘iyosov
Bugun 15 dekabr kuni AOKAda Ichki ishlar vazirligi mas'ullari ishtirokida «Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbirda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov vazirlik xodimlarini tasvirga olish va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish borasidagi savolga javob berdi.
“Biz hozir shu yo‘nalishda xodimlarimiz, jurnalistlar va fuqarolar uchun videorolik tayyorlayapmiz. Aniq qilib sizga aytaman, biz ichki ishlar organlari — davlat xizmatchisimiz. Davlat xizmatchisini xohlagan odam, xohlagan vaqtda tasvirga olishi mumkin va xohlagan platformaga ushbu videoni qo‘yishi mumkin. Bu hech qayerda taqiqlanmagan.
Lekin bitta narsa mumkin emas va iltimos qilinadi: xodimlarning ishiga xalaqit berish kerak emas. Ichki ishlar organlari xodimlari, Post-patrul va yo‘l-patrul xizmati xodimlari ishiga xalaqit bermagan holda xohlagan joyingizda va xohlagancha tasvirga olishingiz mumkin”, — dedi vazirlik matbuot xizmati rahbari.
Mavzuga oid
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
12:46 / 26.12.2025
IIV: yangi yil “sovg‘alari” orqali Telegram’da fishing va zararli havolalar ko‘paymoqda
20:37 / 23.12.2025
O‘zbekistonliklar 11 oyda kiberjinoyatlardan 1 trln 890 mlrd so‘m zarar ko‘rdi
19:13 / 23.12.2025