AQŞ Eron Hörmuz böğozida öquv raketa otişmalarini ötkazganidan keyin uni “xavfsiz bölmagan” va “noprofessional” harakatlarni amalga oşirganlikda aybladi, deb xabar bermoqda Al Jazeera. 

“Xalqaro tan olingan dengiz koridorida koalitsiya kemalari va savdo kemalariga bunçalik yaqin masofada otişmani amalga oşiriş xavfli va noprofessional harakatlar hisoblanadi”, deb aytdi AQŞ HDK qömondoni Kevin Stivens.

Stivensning aytişiça, bu harakatlar xalqaro dengiz huquqi va boşqa kemalarning harakatlanişi xavfsizligi huquqini buzadi hamda bu harakatlarni “oçiqça iğvo” deb atadi.

Avvalroq Eron böğozda AQŞning aviataşuvçi kemasi yaqinida otişmani amalga oşirgani ma’lum bölgandi. AQŞ kemalari “xalqaro tan olingan dengiz koridorida” bölganida Eron HDK radio orqali otişmani boşlaşini xabar qilgan. Şundan keyin bir neçta boşqarilmaydigan raketalar uçirilgan.