Yurtimizdagi köpgina masjidlar qatori poytaxtimizning Uçtepa tumanidagi “Abdulloh ibn Mas'ud” jome masjidi ham yangi ta'mirdan çiqdi, deb xabar berdi Özbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portali.

Şu munosabat bilan 29 aprel kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov bu dargohga taşrif buyurdilar. Hazrat jomeni közdan keçirar ekanlar, undagi ikki qavatli xonaqoh, yangi ta'mirlangan yertöladagi şaroit, oyatu-hadislar bilan bezalgan peştoq va devorlarni körib ustalar mahoratiga tasannolar aytdilar. 

Şuningdek, ikkita alohida barça zamonaviy qulayliklarga ega tahoratxona, ma'muriyat xonalari hamda did bilan kökalamzorlaştirilgan hovlini şohidi bölib, musulmonlarga yaratilgan şaroitlardan minnatdor böldilar. 

Namozxonlarga Payğambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ning Me'rojga qilgan safarlari haqida ma'ruza qilib, juma namozini öqib berdilar. Alloh uyini ta'mirlaşda yordam bergan, kömaklaşgan va haşarda kamarbasta bölganlar haqqiga duoi-xayrlar qildilar.