Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron neft eksporti hajmini bir sutkada 2,3 mln barrelga yetkazdi
Eron prezidenti Xasan Ruhoniy Tehron yaqinidagi sanoat korxonasiga tashrifi chog‘ida, mamlakat neft eksporti bir kecha-kunduzda 2,3 mln. barrelga yetgani xususida bayonot berdi.
"Eron bir kunda 2,3 mln. barrel neft va gaz kondensati eksport qilmoqda. Bu Eron Islom Respublikasining oltilik (Eron yadro dasturiga oid muzokaralarda ishtirok etgan BMT XKning 5 doimiy a'zosi va Germaniya) bilan imzolagan atom kelishuvi kuchga kirmasdan avvalgi ko‘rsatkichidan 2 marta ko‘p demakdir", — deya prezident so‘zlarini keltiradi Tasnim agentligi.
Ta'kidlash joizki, sanksiyalar bekor qilingunicha, Eron neft kompaniyalari bir kunda 1 mln. barreldan ko‘p neft eksport qila olishmagan.
Eron neft vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 20 martdan e'tiboran Eron neft eksporti kuniga 2 mln. barrelga yetgan edi. Aprel oyidan boshlab qora oltin qazib olish ko‘rsatkichi kuniga 400 mingga ortib, 3,5 mln. barrelgacha yetgan. Islom Respublikasi davlat byudjyetida bir kecha-kunduzda 2,25 mln. barrel neft qazib olinishi belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
10:45 / 08.06.2026