Xitoyning Tiens Group korporatsiyasi öz xodimlariga Ispaniyada jamoaviy sayohat uyuştirdi. 2,5 ming nafar işçi Madrid va Barselonada bir hafta dam oladi. Bu haqda EuroWeekly xabar bermoqda.

Tiens Group xodimlari Madridga 4 may kuni 20ta reysda yetib keladi. Ular Ispaniya poytaxtida 8 mayga qadar böladi, keyin ikki kunga Barselonga yöl oladi. 

Xitoydan taşrif buyuruvçilar uçun mehmonxonalarda 1650ta nomer band etilgan. Sayohatçilarga 70ta avtobus xizmat körsatadi. Bundan taşqari, Madrid va Barselona örtasida harakatlaniş uçun kompaniya törtta AVA tezyurar poyezdlarini ijaraga oldi.

Firma uşbu dam oliş sayohatini taşkil etiş uçun yetti million yevrodan ortiq mablağ sarf etdi. 

Tiens Group 2015 mayda ham öz xodimlari uçun xorijda tört kunlik korporativ uyuştirgan. Öşanda korporatsiya xodimlaridan 6,4 ming nafari Fransiyada dam olgan. Ular Lazur qirğoqlariga 84ta samolyotda yetib olgan hamda Kann va Monako orasidagi 79ta mehmonxonaga joylaşgandi. 

Tiens Group 1995 yili Xitoyda taşkil etilgan. Kompaniya bio faol qöşimçalar va massajyorlar işlab çiqariş bilan şuğullanadi.