"Rossiya jinoyat dunyosi" xakerlari 272 mln ta qayd qiliş yozuvlarining parollari va loginlarini öğrilaşdi, deb ma'lum qildi kompyuter xavfsizligi böyiça mutaxassis Aleks Xolden. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Mutaxassis fikriça, katta kölamdagi hujum oqibatida köproq Mail.Ru ziyon kördi. Bundan taşqari, Google, Yahoo, Microsoft’ning qayd qiliş yozuvlari akkauntlari ham buzilgan.
Kiberxavfsizlik bilan şuğullanuvçi Hold Security kompaniyasi forumlardan birida öğrilangan qayd qiliş yozuvlari bilan maqtangan rossiyalik xakerni aniqlagan. Noma'lum xaker 1,17 mlrd akkauntni qölga kiritganini ta'kidlagan.
Kompaniya mutaxassislari takror yozuvlarni bartaraf etişdi va ma'lumotlar massivi asosan Mail.Ru qayd qiliş yozuvlaridan (27 mln) iborat bölganini aniqlaşdi.
Xaker bu ma'lumotlar uçun bor-yöği 50 rubl söragan. Şundan keyin Hold Security xodimlari xaker bilan maktub yozişni töxtatişgan, çunki kompaniya siyosati öğrilangan şaxsiy ma'lumotlar uçun haq tölaşni közda tutmaydi.
Mail.Ru’da ayni vaqtda barça login/parol juftliklari faollikka tekşirilayotgani ma'lum qilindi. Microsoft’ning ta'kidlaşiça, u şaxsiy ma'lumotlarni himoya qilişning qöşimça bosqiçiga ega va şuning uçun login/parol haqidagi ma'lumot elektron poçtani oçişda yetarli bölmaydi.
Yahoo va Google bu holatga heç qanday izoh bermadi.
"Birinçi taxminiy tanlov böyiça ötkazilgan tadqiqot ma'lumotlar bazasi faol tirik akkauntlarga mos keladigan parollarga ega emasligini körsatdi. Bundan taşqari, yana bir narsa öziga jalb qiladi: ma'lumotlar bazasi turli parollarga ega köplab aynan bir xil loginlardan iborat. Bu esa bu baza foydalanuvçilar login sifatida elektron maktub manzilini işlatgan turli bazalar qismlaridan tuzilganidan darak beradi", deb ta'kidlab ötildi Mail.Ru’da.
Bundan taşqari, kompaniya töliq tekşiruvdan keyin ziyon körgan foydalanuvçilarni ogoh etmoqçi.
















