Botir Qodirov 
Xonanda Botir Qodirov 1981 yil 6 may kuni Andijonda, san'atkorlar oilasida dunyoga kelgan. Onasi Özbekistonda xizmat körsatgan artist Zulxumor Qodirova. Botir Qodirov bolaligidanoq qöşiq kuylaşga iştiyoqmand bölgan. Maktabni tamomlagandan söng 2000 yil Andijon san'at kollejiga öqişga kiradi. Kollejni muvaffaqiyatli tamomlab, Toşkent davlat madaniyat institutining an'anaviy xonandalik fakultetiga öqişga kiradi. Ilk ijodini 2005 yil “Seni öylayman” qöşiği bilan yakkaxon xonanda sifatida boşlaydi. Xit taronalari “Seni öylayman”, “Adaşdim” qöşiqlari bölib, bugungi kungaça  xonandaning 60 ga yaqin qöşiq, 10 ga yaqin klip va 4 ta albomi muxlislarga taqdim etilgan.   Pop, folklor janrida ijod qiladi. 

Qöşiqlari:  “Diydor uçun”,  “Yiqildim yomon”, “Işon”, “Işq”, “Soğinganda yiğlaysanmi?”  “Ona“, “Sevib qolganman”,  “Adaşdim”, “Men otamni soğinganda”, “Bandasi bor etolmas” “Yonaman”, “Yuragim duk duk uradi”,  “Sevib qolganman yomon”, “Muhabbat keladi”,  “Gözalsan”, “Yomon köraman”, “Jim turing”, “Şukrona”. 

Şuhrat Umar (“Şod” guruhi a'zosi) 
“Şod” guruhining sobiq yakkaxoni.  1982 yil 6 may kuni Toşkent şahrida tuğilgan.Öquvçilik yillaridayoq  musiqaga bölgan qiziqiş paydo bölib,  maktabni muvaffaqiyatli tamomlaganidan söng, “estrada va sirk” kollejiga öqişga kirdi. Talabalik yillaridayoq kollejda ötkazilgan barça tadbirlarda faol iştiroki etib, sahna madaniyati va sirlarini  örganadi.  Kollejni amomlab, hujjatlarini “Toşkent davlat san'at (hozirgi “Özbekiston davlat san'at va madaniyat” instituti) institutiga topşiradi.  2000 yilda oliygohdagi kursdoşlari Otabek va Doniyor bilan birgalikda “Şod” guruhiga asos solinganidan söng, uşbu guruh tarkibida sermahsul ijod qila boşlaydi.  Xonanda uşbu guruh a'zosi bölgan paytlarida Doniyor va Otabek bilan birgalikda “Yurak”, “Milaya”, “Xato”, “Aytgin menga”, “Armonim bor”, “Ana mana”,  “Yana-yana”, “Alam”, “Yangi yil”, “Şahlo közli malikam”, “Rumba”, “Işontir” kabi qöşiqlarni kuylaydi. Oilali. Odinaxon, Robiyaxon va Roziyaxon kabi 3 nafar qizaloqlarning otasi. Ayni damda xonanda Şuhrat Umar yakkaxon xonanda sifatida faoliyat yuritib, mustaqil ravişda yaratgan ilk qöşiği “Nega endi” deb nomlandi. 

Maksim Fadeyev