Christie's kimoşdi savdo uyida italiyalik rassom hamda haykaltaroş Mauritsio Kattelan tomonidan işlangan tiz çökkan Gitlerning mumdan yasalgan haykali 17,2 mln dollarga baholangan.
Haykaltaroş 101 sm balandlikdagi "U" deb nomlangan bu asarini mum va smoladan 15 yil ilgari yaratgandi.
Ayni vaqtda AQŞda yaşab ijod qiladigan Mauritsio Kattelanning aytişiça, u öz vaqtida bu asarini buzib taşlamoqçi bölgandi. Uning aytişiça, "U" özida yovuzlikni mujassam etgan.
Bu asar endilikda Kattelanning eng qimmatbaho asariga aylandi. Uning bundan avvalgi eng qimmat narxda sotilgan asari uçun 7,9 mln dollar tölaşgandi.
"Gitler - faqat qörquv uyğotadi. Bu qattiq iztirob timsoli. Uning ismini tilga oliş ham oğir. Uning ismi boşimga örnaşib olgan. Men taqiqlasam ham u mening boşimda yaşaydi", deydi rassom.
Bir neça yillar avval, mazkur haykal yahudiylar gettosi şakllangan Varşavadagi zamonaviy san'at markaziga qöyilgan edi. Ekspozitsiya minglab insonlar halok bölgan yerda hukumat tomonidan körgazmaga qöyilgani uçun katta noroziliklar va tanqidlarga uçragan edi.
Kattelanning haykalçalari Polşadagi mojarolarga birinçi marta sababçi bölayotgani yöq. Xuddi şunga öxşaş voqea 2000 yilda «9 soat» haykali körgazmaga qöyilganida polşaliklarning ğazablanişiga sababçi bölgan edi. Unda Rim papasining meteorit tomonidan ezilgani tasvirlangan.

















