8 mayda Stokgolm qirollik saroyi "Yevrovideniye" musiqa tanloviga öz qöşiqçilarini yuborgan 42 ta davlat vakillariga öz eşiklarini keng oçdi – butun dunyo musiqa şaydolari sabrsizlik bilan kutayotgan tanlov boşlandi.
Qizil yölakçada birinçi bölib tanlov boşlovçilari Petra Mede va tanlovning ötgan yilgi ğolibi va uning ğalabasi evaziga Şvetsiya 6 marotaba uşbu tanlovni qabul qilayotgan Mons Selmerlev paydo böldilar. Ularning ortidan tanlovning barça iştirokçilari yurib ötdilar.
Bukmekerlar rossiyalik qöşiqçi Sergey Lazarevni tanlov favoriti sifatida körişmoqda. Bu orada Ozarbayjon tanlovning siyosiylaşib ketgani sababli keyingi yilda unda iştirok etişni istamayotganini ma'lum qildi. Ozarbayjonning bunday e'tiroziga Armanistonning tanlovda tan olinmagan Toğli Qoraboğ respublikasi bayroği bölişini aytgani sabab bölgan.
Bundan oldin taniqli şved guruhi AVVA muzeyida tanlovning tarixiga bağişlangan ""Good evening Europe" (Xayrli keç, Yevropa) deb nomlangan körgazma oçildi. Körgazmada musiqa tanlovi ğoliblarining anjomlari va kostyumlari taqdim qilingan.
Bu körgazmaning oçilişining boş taşabbuskori AVVA a'zosi Born Ulveus böldi, çunki guruh aynan 1974 yilda tanlovda ğolib bölgandan keyin olamşumul maşhurlikka erişgandi.
















