Erkin kuraşçilar Bekzod Abdurahmonov va Abbos Rahmonov 8 may kuni Istanbulda bölib ötgan ikkinçi jahon saralaş musobaqasida Olimpiya öyinlari yöllanmasiga ega böldi. Bu haqda Sport kuraşlari assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Turnirda birinçi va ikkinçi örinlarni qölga kiritganlar Olimpiada yöllanmalariga ega böldi. Özbekistonlik sportçilar ham öz toifasi böyiça finalga yöl oldi. Oltin medal uçun keçgan yakkalik bahslarida Abdurahmonov (74 kg) Ispaniya vakili Taymuraz Friyevdan ustun kelgan bölsa, Rahmonov turkiyalik Sulaymon Otlini mağlubiyatga uçratdi.

Bekzod Abdurahmonov — 2014 yilgi jahon çempionati bronza medali sohibi, 2014 yilda Osiyo öyinlari ğolibligini qölga kiritgan, 2015 yili esa Osiyo çempioni bölgan. U şuningdek, 2015 yili Golden Gran-prisi ğolibi bölgan. 2015 yilga qadar  noolimpiya toifasida 70 kg vaznda bahslarda iştirok etgan bölsa, 2016 yildan 74 kg vazn toifasiga ötdi.

18 yoşli Abbos Rahmonov Respublika olimpiya zaxiralari kollejida talabasi hisoblanadi. U 2015 yili ösmirlar örtasida ötkazilgan Osiyo çempionatida kumuş medal sohibi böldi. Istanbuldagi musobaqa uning katta yoşli terma jamoa tarkibidagi ilk çiqişi böldi.

Şu tariqa, 2016 yilgi Olimpiadada Özbekistondan erkin va yunon-rim kuraşi böyiça tört nafardan sportçi iştirok etadi.