Amar Bxarati 43 yildan beri qölini yuqoriga kötargan holda yaşab kelmoqda. U ruhiy e'tiqod yöliga kirişidan avval Yangi Dehlida kotib bölgan va atrofdagilar uni Maxant Amar Bxarti Ji deb çaqirgan. 1973 yilda u Şiva hudosi şarafiga qölini yuqoriga kötaradi va şundan buyon oğriq, deformatsiyalarga qaramay, qölini pastga tuşurmadi.
Oradan şunça vaqt ötib, uning qöli teri bilan qoplangan foydasiz suyakka aylanib qolgan, tirnoqlar esa heç kim olib taşlamagani uçun qalinlaşib, qiyşayib ketgan. Qöl esa deyarli tik holatda butunlay ozib ketib, şol bölib, muzlab qolgan.

Sadxu (rohib)ga aylanişdan avval Amar Bxarati hindiston örta qatlamining oddiy vakili sifatida öz oilasi va işiga ega bölgan. Biroq bir kuni tongda u bularning barçasi heç qanday ahamiyat kasb etmasligini tuşunib yetadi. Amar bor narsasidan voz keçib, qolgan umrini hindlarning Şiva hudosi uçun bağişlaşga qaror qildi.

Uç yildan söng, 1973 yilda u özini hanuz dunyo vasvasalariga boğliqligini anglab yetdi va ulardan halos böliş maqsadida qölini tik kötarganiça yaşay boşladi.

Ba'zi manbalarda qayd etilişiça, Amar Bxaratiga uruş yillari va özaro duşmanliklar juda oğir botgan va u olam ustidan qölini tepaga kötarişga qaror qildi. Rohib Amar Bxarati Xaridvar şahridagi Kumbxa-mela haj urf-odatlariga katta hurmat bilan qaraydi.

Xaridvardagi Maxa-kumbxa-mela — dunyodagi eng yirik diniy marosimlardan biri. Amar Bxarati boşqa sadxularni ham tinçlik va totuvlik uçun qöllarni kötarişga da'vat etdi. Ularning ba'zilari 7, 13 va hattoki 25 yildan beri qöllarini kötarib kelmoqda.

Intervyularning birida sadxu Amar Bxaratining ta'kidlaşiça, uning ruhiy holati insonlar öz yaqinlarini yöq qilayotgan zamonaviy dunyoga nisbatan adovat bilan qaraşga qaratilgan bölib, rohib uçun eng muhim narsa — tinçlik va totuvlikda yaşaşdir.




















