Biz bugun Andijonda ötkazilgan tadbirlar davomida yoşlar qalbida öz Vataniga, Mustaqillik ğoyalariga sodiqlik va sobitlik hissini, tinç va osuda yurtda kamol topayotganidan yuragi ğurur va iftixorga töla ekanligini yana bir bor kaşf etdik.
Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma beş yilligi munosabati bilan mamlakatimiz miqyosida taşkil etilgan şu nomli yoşlar festivalining Andijon viloyatidagi ikkinçi kuni ham kötarinki ruhda ötganiga guvoh böldik. Tarğibot guruhi vakillari viloyatning Oltinköl, Marhamat, Asaka, Buloqboşi, Höjaobod, Izboskan va Paxtaobod tumanlariga taşrif buyurdilar. Bölib ötgan uçraşuv va gala-konsert dasturlari davomida yoşlar bilan turli loyihalar asosida suhbatlar ötkazildi.
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Minxojiddin Mirzo, Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar Mehmonali Salimov va Malika Qayumova, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Gözal Jumaniyozova(Dilsöz), Otabek Mutalxöjayevlardan iborat tarğibot guruhi Oltinköl tumanida böldi.
17-son musiqa va san'at maktabida “Vatanim – mening faxrim ” loyihasi asosida ötkazilgan tadbirda tarixi va buguni buyuk bölgan yurtda yoş avlodning barkamol kamol topişi uçun yaratilgan barça şaroitlar haqida söz borib, şoir va jurnalist Minxojiddin Mirzoning kindik qonimiz tökilgan zaminni uluğlovçi şe'rlari tinglandi. Musiqa va san'at maktabining iqtidorli öquvçilari tomonidan ijro etilgan qöşiq va kuylar tarğibot guruhi vakillarida katta tassurot qoldirgani tahsinga loyiq.
Oltinköl tumani markazidagi madaniyat uyida taşkillaştirilgan tadbir dolzarb mavzular - “Odam savdosi – davr muammosi”, “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoşlar kelajagiga tahdid” loyihalarga bağişlandi. Uçraşuvda yurtimiz yoşlarining bugungi kunda barça sohalarda qölga kiritib kelayotgan ulkan yutuqlari, şu bilan birga, hozirgi murakkab zamonda yoşlarimiz ongini milliy qadriyatlarimizga yot bölgan zararli ğoyalar ta'siridan himoya qilişga har birimiz jiddiy yondoşişimiz lozimligi e'tirof etildi. Erkin munozara tarzida ötgan maşvaratda yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar.
Oltinköl Sanoat kasb-hunar kollejida tarğibot guruhini - közlari çaqnab turgan öquvçilar milliy liboslarda, andijonça şöh raqslar bilan kutib olişdi. Öquv muasassasida ötkazilgan loyiha mavzusi “Zamonamiz qahramonlari” bölganligi bois, muloqot davomida tuğilib ösgan zaminga sadoqat ruhida tarbiya topib, uning ravnaqi uçun bor kuç ğayratini sarflaş ham qahramonlikning bir körinişi ekanligi haqida gapirildi. “Nihol” mukofoti sovrindorlari Otabek Mutalxöjayev va Dilsöz ijrosidagi Vatanni madh etuvçi qöşiqlar davraga fayz kiritdi.
Tumandagi yoşlar festivalning uzviy yakuni bölgan “Markaziy” öyingohdagi gala-konsertda öyingohga yiğilgan 3000 nafarga yaqin yoşlar mehmonlarni baralla - “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” deya kutib olişdi. Kontsert dasturi davomida el suygan san'atkorlar Özbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov, Özbeksitonda xizmat qörsatgan artist Saida Rametova, xonandalari Nilufar Saidova, Sevinç Möminova, Dilsöz, Asilbek Ne'matov, Masrur Usmonov, Otabek Mutalxöjayev va boşqa san'atkorlarning çiqişlari yiğilganlarga ajoyib kayfiyat taqdim etdi.



































