Özbekiston respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan mamlakat miqyosida “Biz buyuk yurt farzandlarimiz”şiori ostida taşkil etilgan yoşlar festivalining Andijon viloyatidagi birinçi kuni kötarinki ruhda ötdi. Tarğibot guruhlari viloyatning Qörğontepa, Jalalquduq, Böz, Şahrixon, Uluğnor tumanlari va Xonobod şahriga taşrif buyurişdi. Bölib ötgan uçraşuv va gala-konsert dasturlari davomida yoşlar bilan turli loyihalar asosida suhbatlar ötkazildi.
Jurnalist va tarjimon Şuhrat Sattarov, teatr va kino aktyorlari Aziz Qobulov, Baxtiyor Turğunov, Umida Muqimova hamda estrada xonandalari Otabek Muhammadzohid va Vohidjon Isoqovdan iborat tarğibot guruhi viloyatning eng çekka tumanlaridan biri hisoblangan Uluğnor tumanida böldi.
“Siz sevgan qahramonlar” loyihasi böyiça dastlabki tadbir tuman hokimligining majlislar zalida taşkil etilib, unda 400 nafardan ziyod yoş avlod vakillari iştirok etdi. Yoş avlod vakillari özlari sevgan aktyor va xonandalar bilan bevosita muloqot qilişdi.
21-son musiqa va san'at maktabida “Ommaviy madaniyat va yoşlar ma'naviyati” loyihasi asosida ötkazilgan tadbirda mamlakat yoşlarining bugungi kunda barça sohalarda qölga kiritib kelayotgan ulkan yutuqlari, şu bilan birga, hozirgi murakkab zamonda yoşlarimiz ongini milliy qadriyatlarga yot bölgan zararli ğoyalar ta'siridan himoya qilişga har bir kişi jiddiy yondaşişi lozimligi e'tirof etildi. Musiqa va san'at maktabining iqtidorli öquvçilari tomonidan ijro etilgan qöşiq va kuylar tarğibot guruhi vakillarida katta taassurot qoldirdi.
Guruh a'zolari tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik işlari bilan tanişib, yaqinda taşkil etilgan “Nuroniylar boği”da bölişdi.
Tumandagi Agrosanoat kasb-hunar kollejida bölib ötgan “Kamolot kutubxonasi” mavzusida qiziqarli uçraşuv ötkazildi. Jurnalist va tarjimon Şuhrat Sattarov inson kamolotida kitobning örni haqida sözladi. Kollej öquvçilari özbek va jahon adabiyoti namoyondalari asarlaridan badiiy çiqişlar va şe'rlar ijro etişdi. Savol-javob tarzida ötkazilgan munozaralarda yaxşi iştirok etgan öquvçilarga kitoblar sovğa qilindi. Davrada şöx qöşiqlar yangrab barçani raqsga çorladi.
Şundan söng Uluğnor tumani markazidagi öyingohda san'at ustalari va estrada xonandalari iştirokida gala-konsert bölib ötdi. Gala-konsertga qöşni Baliqçi tumani yoşlari ham kelib qöşilişdi.
Tadbirni tuman hokimi Abduğofir Sulaymonov kiriş sözi bilan oçib berdi. Tumanda voyaga yetayotgan yoş iqtidor egalari bölgan sportçi yoşlar va gimnastikaçi qizaloqlar tomonidan çiqişlar namoyiş etildi. Uluğnorlik sportçi yoşlar öyingoh markaziga mustaqillikning yigirma beş yoşini ifodalovçi raqamni çizganlarida stadion şodon hayqiriqlarga tölib ketdi. Şijoatli yoşlar el sevgan san'atkorlar qöşiqlarini birga kuylab, raqsga tuşdilar.





































