Dunyodagi eng katta transport samolyoti An-225 «Mriya» Avstraliyadan Chexiyaga bo‘lgan to‘rt kunlik parvozni yakunladi, deb xabar beradi «RIA «Novosti».
Pragadan Pyort shahriga parvoz qilgan samolyot uchish vaqtida bir necha manzillarda to‘xtab o‘tdi: Turkmanboshi (Turkmaniston), Haydarobod (Hindiston) va Jakarta (Indoneziya). Qayd etilishicha, har 4000 kilometrli parvozdan so‘ng samolyotga yonilg‘i quyish zarur bo‘ladi.
An-225 «Mriya» Pyortga Plzen shahridagi zavodlarning birida ishlab chiqarilgan 135-tonnali generatorni yetkazib berdi.
Dunyodagi eng yirik samolyotni tomosha qilish uchun Pyortga 50 mingga yaqin kishi yig‘ildi.
An-225 «Mriya» 1984 — 1988 yillarda Kiyevning mexanika zavodida qurilgan bo‘lib, u faqat birgina nusxada mavjud.
















