Xitoyning janubi-ğarbiy qismida joylaşgan Yuylin şahridagi it göşti sotuvçilari festival bohona istagan köngilliga itlarni sotişmoqda. Bu haqda Global Times yozmoqda.
Aktsiya faollaridan bölmiş Du Yufenning aytişiça, it göşti sotuvçilari unga 900 yuan (136 dollar atrofida) evaziga 13 ta it sotişgan. Du Yufenning tan olişiça, itlarni sotib oliş, vaziyatdan çiqib ketişni anglatmaydi.
«Biz itlarni sotib oliş notöğri yöl, deya hisoblaymiz. Bu göşt sotuvçilarining narxlarni oşirişlariga sabab böladi», — dedi u.
Lyan Tsze ismli boşqa bir faolning ta'kidlaşiça, politsiya jonivorlar himoyaçilarini bozordan haydab çiqarişga uringan. Yakunda u ham 10 ta it sotib olişga muvaffaq bölgan.
Xitoyda ötadigan göşt festivali sabab itlar söyilişdan qutqarildi
18:16 / 22.06.20167 2801 min
















