Bugun, 27 iyul kuni Buyuk Britaniya poytaxti London şahrida Uimbldon tennis turniri boşlanadi. “Katta Dubulğa” turkumidagi mazkur turnir eng qadimgi va nufuzli musoqaba hisoblanib, uşbu mavsum 130-çisi.
1868 yilda London janubi-ğarbiy çekkasidagi Uimbldonda "Butun Angliya kroket klubi" taşkil topgan, sakkiz yildan söng bu joyda tennis öynala boşlangan. 1877 yilda Uimbldonda birinçi tennis turniri bölib ötib, 1968 yildan bu turnir “Uimbldon oçiq turniri” maqomini oldi. 140 yildan buyon uşbu turnirning qoidalariga heç qanday özgartiriş kiritilmadi.
Uimbldondagi turnir özining şartli an'analari bilan maşhur bölib, birinçi galda - iştirokçilarining oq kiyimlarda harakat qilişi, tennisçilar va hakamlarning bir biriga “Janob” va “Xonim” deya murojaat qilişi muhim sanaladi.
Şuningdek, Uimbldon öyinlariga muntazam ravişda qirollik xonadoni vakillari taşrif buyurişi odat tusiga kirgan.
Turnir favoritlari bu safar ham keyingi 2 yil içida ğoliblikni qölga kiritgan serbiyalik Novak Jokoviç va amerikalik Serena Uilyams bölişi kutilmoqda. 29 yoşli Jokoviç mavsumni a'lo darajada ötkazmoqda, u “Katta Dubulğa” turkumi doirasidagi ikki turnirda ğolib çiqdi: Yanvardagi Avstraliya oçiq çempionati hamda may oyida, Parij şahrida ötkazilgan “Rolan Garros” turnirida.
34 yoşli Uilyams Uimbldonda şu vaqtgça 6 marta ğoliblikni qölga kiritgan. Lekin u 2016 yilda “Katta Dubulğa” turkumida hali zafar quçmagan.
Jokoviç birinçi raqam ostida, mezbonlar vakili, britaniyalik Endi Marrey ikkinçi raqam ostida tasniflangan. Şveytsariya vakillari Rojyer Federer va Sten Vavrinka esa turnirning uçinçi va törtinçi raqam ostidagi sportçilaridir.
Ispaniyalik Rafael Nadal jarohati tufayli bu galgi turnirni ötkazib yuboradi.
Juftliklar va aralaş juftliklar örtasidagi ğoliblarni aniqlaş turnirida ösmirlar örtasida musobaqalar ötkazilib, unda tennis faxriylari hamda mehmonlari ham iştirok etadi.
Ikki hafta davomida oçiq yaşil maydonda ötkaziladigan Uimbldon - 2016 turniri 10 iyul kunida yakunlanadi. Turnirning umumiy mukofot jamğarmasi 36,5 mln yevroni taşkil etadi.
Uimbldon “oçiq turnir” maqomini olganidan keyin erkaklar örtasidagi yakkalik bahslarida amerikalik Pit Sampras va Rojyer Federer 7 martadan ğoliblikni qölga kiritişgan.
Çexoslovakiyalik Martina Navratilova esa ayollar örtasidagi turnirlarda 9 marta ğolib çiqqan. (Germaniyalik Şteffi Graf 7 marta, amerikalik Serena Uilyams 6 marta).

















