Oliy harbiy bojxona instituti bitiruvchilarga diplomlar topshirildi
Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona institutida ushbu ta'lim dargohini joriy yilda tugallayotgan bitiruvchilarga diplomlar topshirish marosimi o‘tkazildi. Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Davlat bojxona qo‘mitasi Rahbariyati, bojxona faxriylari, keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, ota-onalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar.
2003 yil 22 mayda aynan bojxona organlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida, prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Soliq va bojxona akademiyasining “Bojxona ishi” fakulteti hamda DBQ Bojxona kolleji negizida – Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona instituti tashkil etildi.
Mazkur oliy o‘quv yurtining barpo etilishi mamlakatning yuqori malakali oliy ma'lumotli bojxona kadrlarini maqsadli bazaviy tayyorlash tizimida muhim bo‘g‘in bo‘ldi. Bugungi kunda Institutda 2 ta fakultet va ularning tarkibida 11 ta kafedra hamda mustaqil bo‘lim va bo‘linmalar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Shu bilan birga, tinglovchilarga bojxona organlari faoliyatiga joriy etilgan yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (YaAAT), Butunjahon bojxona tashkiloti tomonidan qabul qilingan “Xalqaro savdoni engillashtirishning xavfsizlik standartlari”, xavfni baholash va boshqarish tizimi, radiatsion portal monitorlardan foydalanish va boshqa bir qator dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha maxsus kurslar o‘tkazildi.
Malakali professor-o‘qituvchilar va instruktorlar ko‘magida tinglovchilar avtomobil boshqarish sir-asrorlarini puxta o‘rganib, “V” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ham ega bo‘ldilar.
Institutda o‘q otar qurollardan otish uchun mo‘ljallangan tir mavjud bo‘lib, unda to‘pponchadan amaliy otish mashg‘ulotlari olib boriladi. Zamonaviy «KORUND» elektron otish moslamasi esa tinglovchilarning o‘qotar qurollardan otish bo‘yicha mahoratini yanada oshirishga ko‘mak beradi.
“Bojxona ishi” va “Bojxona huquqi” mutaxasisliklari bo‘yicha institutda tahsil olgan bu yilgi bitiruvchilar institutdan sharafli va ma'suliyatli xizmat faoliyatiga uchirma qilinayotgan o‘ninchi qaldirg‘ochlardir.
Bitiruvchilarni kuzatish marosimi bir guruh san'atkorlar ishtirokidagi tantanali bayram dasturiga ulanib ketdi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
-
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
Jahon | 23:35 / 14.05.2025
Mavzuga oid

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

09:10 / 07.05.2025
Chegarada fuqaro tanasidan 1,3 mlrd so‘mlik oltin quymalar aniqlandi

11:29 / 05.05.2025