Amerikaning Walt Disney kompaniyasi Xitoy hududida ikkinçi Disneyland parkini qurişni rejalaştirmoqda, yangi köngiloçar maskan mamlakatning eng yirik şaharlaridan biri bölgan Çuntsinda qurilişi mumkin. Bu haqida China News  xabar qildi. 

Manba xabariga köra, Walt Disney kompaniyasi Xitoyning markaziy yoki ğarbiy qismida yana bir Disneyland parkini qurişni rejalaştirmoqda.

Iyun oyi örtalarida Şanxayda Xitoy hududida 5,5 milliard dollar qiymatga ega birinçi Disneyland parki oçilgan edi. Hongkong maxsus ma'muriy hududida yana bir park mavjud. 

"Biz Disney loyihasini diqqat bilan kuzatyapmiz va uning qurilişiga puxta tayyorgarlik köryapmiz. Bu loyihani qölga kiritiş uçun bizda barça imkoniyatlar bor", - deydi Çuntsin şahar qömitasi vakili. 

Walt Disney bu borada hozirça ma'lumot bermadi. 

Çuntsin – taxminan 28 million aholiga ega Xitoyning 4ta markaziy şahridan biri. Şahar mamlakatning eng yirik tijorat markazlaridan biri hisoblanadi. 

 

Foto:Google image