Yangi Zelandiya tibbiyot xodimlari spirtli içimliklarni hatto kiçik dozalarda iste'mol qiliş yoş ötganda saratondan vafot etiş xavfini oşiradi, deb hisoblaşmoqda. Bu boradagi yangi tadqiqot natijalari Drug and Alcohol Review jurnalida çop etildi. 

"Yangi Zelandiyada spirtli içimliklarni iste'mol qiliş natijasida yuzaga kelgan saraton kasalligidan köz yumiş bilan boğliq holatlarning taxminan 60 foizi kökrak bezi saratoniga çalingan ayollarga töğri kelmoqda. Bizning baholarga köra, 2007 yilda kökrak bezi saratonidan vafot etiş yuz bergan 71ta holat va 2012 yildagi 65ta holat spirtli içimliklar iste'moli bilan boğliq bölgan. Ularning uçdan bir qismi kuniga 1 yoki 2 stakan spirtli içimlik iste'mol qilgan bölsa-da, şuning özi saraton uçun yetarli bölgan", - deya qayd etdi tadqiqot hammuallifi Jyenni Konnor. 

U spirtli içimliklarni hattoki kiçik dozalarda iste'mol qiliş saraton kasalligining rivojlanişiga olib kelişini ta'kidladi. Bunday holatlarda ayollar asosan kökrak bezi saratonidan aziyat çekişsa, erkaklar saratonning boşqa turlariga çalinişadi (oğiz böşliği saratoni, qizilöngaç saratoni, jigar saratoni).

Olimlar öz izlanişlari davomida saraton natijasidagi ölim holatlarining sabablarini örganişga bağişlangan önlab xalqaro tadqiqotlarga doir işlarni tahlil qilib çiqişdi va olingan ma'lumotlarni Yangi Zelandiyaga nisbatan qöllaşdi. 

Tibbiyot xodimlarining ta'kidlaşiça, spirtli içimliklarni iste'mol qiliş natijasida saratonga çaliniş holatlari köproq maorilarda (mamlakatning tub aholisi) kuzatiladi. Kasallik inson hayotining örtaça 10,4 yilga qisqarişiga olib keladi. Spirtli içimliklar iste'moli natijasidagi onkologik kasalliklardan vafot etuvçilar 80 yoşdan keyingi ölim holatlarining 4,2 foizini taşkil qiladi. 

 

Foto:Google image