Saudiya Arabistoni Osiyo bozorlarida neft sotiş körsatkiçlarini oşiriş strategiyasidan çekinib, dunyo bozoridagi uluşini asta-sekin raqiblariga qöyib bermoqda, buning boisi u narxlarning qayta tiklanişiga umid qilmoqda. Bu haqida Reuters ma'lum qildi.
Ekspertlarning ta'kidlaşiça, endilikda bozorda ustunlik qilişga uriniş qirollik uçun ustuvor vazifa emas.
"Osiyolik asosiy xaridorlar - Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya taqdim etayotgan raqamlar Saudiya Arabistoni öz örnini Eron, Iroq va Rossiyaga böşatib berayotganidan dalolat beradi", - deyiladi manbada.
Bu jarayonni ixtiyoriy deb bölmaydi, albatta. Biroq tahlilçilarning fikriça, Saudi Aramco davlat kompaniyasi pozitsiyalarning yöqotilişini töxtatiş uçun heç narsa qilmayapti. "Sönggi bir neça oy davomida Aramco özining Arab Light neftining Osiyoga sotiliş bahosini rasman oşirdi, u qirollikda umumiy neft eksportning uçdan ikki qismini taşkil etadi", - deyiladi tadqiqotda.
















