30 iyun kuni Qozoğistonning Qarağanda viloyatida ötkazilgan maxsus amaliyot çoğida qölga olingan ekstremistlar, Balxaş şahrida joylaşgan Rossiya harbiy qismiga hujum uyuştirişni rejalaştirgan. Bu haqda, RIA «Novosti» agentligi mamlakat milliy xavfsizlik tuzilmalariga aloqador manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

«Ular Rossiya harbiy qismiga hujum qilişgaç, Suriyaga ketmoqçi bölişgan», — deb ma'lum qilgan agentlik manbasi. 

Ayni vaqtda, mazkur ma'lumotlarga Rossiya va Qozoğiston huquq-tartibot idoralari tomonidan rasmiy izoh berilgani yöq.

Avval xabar berilganidek, Qozoğistonda 6 nafar ekstremistdan iborat jinoiy guruh uşlangan.