Jahon | 15:01 / 04.07.2016
14654
2 daqiqa o‘qiladi

Abu-Dabi BAA fuqarosi urilgani uchun AQShdan izoh talab qildi

BAA tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi AQSh elchisining o‘rinbosari Itan Goldrichni Abu-Dabiga chaqirtirdi. Bunga, Amirlik fuqarosi bo‘lgan tadbirkorning AQSh politsiyasi tomonida urilishi sabab bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, uni IShID a'zosi deb taxmin qilishgan, deb yozmoqda BAAning rasmiy gazetasi Al-Bayon.

Yakshanba, 3 iyul kuni BAA TIV, o‘z fuqarolariga murojaat qilib, xorijda bo‘lgan vaqtlarida an'anaviy milliy arab libosini kiymaslikni tavsiya etib, ogohlantirgan edi. AQSh politsiyachilari, mamlakatda davolanishda bo‘lgan amirlik tadbirkorni, IShIDga aloqadorlikda gumon qilib, jiddiy jarohatlashgan. 

BAA TIV amerikalik diplomat bilan o‘tkazgan muloqot chog‘ida qayd etganidek, "Amirliklar fuqarolarining xorijdagi xavfsizligiga jiddiy e'tibor beradi" va hodisa bo‘yicha tushuntirishlarni kutib qoladi. 

Elchi o‘rinbosari o‘z navbatida, Amerika politsiyasining hatti harakati uchun uzr so‘rab, "elchixona voqeaga oydinlik kiritish uchun Ohayo shtati rahbariyati bilan doimiy aloqada" ekanini ta'kidlagan. Diplomatning qayd etishicha,  "AQSh turli millat vakillarining o‘z milliy liboslarini kiyish huquqini e'tirof etadi" va "ushbu holatni beixtiyor yuz berganini tan oladi".

O‘z navbatida, BAAning AQShdagi elchisi Yusuf Manaa al-Atayba shtat rahbariyatidan, bu kabi voqealar boshqa takrorlanmasligi uchun choralar ko‘rishni talab qilgan. 

Mavzuga oid