Treyderlarning "qora oltin" bozorida taklifning talabdan ortib ketişiga oid xavotirlari sabab, jahon bozoridagi neft narxi pasayib bormoqda.
Sentyabr oyi fyuçers savdolari Şimoliy dengiz neft aralaşmasi - Brentning bir barreli 1,02 foizga arzonlaşib, 49,58 dollarni taşkil etdi. WTI rusumidagi neftning avgust oyi fyuçersi narxi esa, 1,61 foizga tuşib, uning bir barreli 48,20 dollarni taşkil etgan.
Sarmoyadorlar jahon bozorida neft taklifi ortişini taxmin qilişmoqda. Bunga, Liviyaning özaro raqib ikki neft kompaniyasining birlaşiş jarayoni yakunlagani sabab bölgan, deb yozadi The Wall Street Journal.
Bundan taşqari, britaniyaliklarning YeIni tark etiş qarori ham neftning keyingi bahosiga uzoq ta'sir etişi mumkin.
Foto:Google image
















