2016 yilning oxirigaça XXRdagi janubiy Primore çegarasi yonida noyob muşuklarni saqlaş va ularni örganiş uçun eksperimental muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar (EMTH) yaratiladi. Bu haqida RIA “Novosti” xabar qildi.

Bu masala Rossiya va Xitoy davlat rahbarlari uçraşuvlariga tayyorgarlik köruvçi komissiyaning transçegaraviy qöriqlanuvçi tabiiy hududlar va biologik xilma-xillikni saqlab qoliş böyiça işçi guruhining Vladivostokda bölib ötgan 10-majlisida muhokama qilindi.

 “XXRda davlat dasturiga muvofiq Uzoq Şarq qoploni va Sibir yölbarsini saqlab qoliş böyiça faol iş olib borilmoqda. 2016 yilda buning uçun zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş işlari nihoyasiga yetkaziladi va unga köra, davlat va mintaqa darajasidagi bir neça qöriqxonalar bitta tuzilma – yagona milliy parkka birlaştiriladi va u “Qoplonlar hududi” ("Zemlya leoparda") bilan çegaradoş böladi”, deyiladi xabarda. 

 “Uzoq Şarq qoplonlarining soni avvalgidek juda past...Biz yolğiz özimiz harakat qilişimiz mumkin emas. Şu bois Xitoyda “Qoplonlar hududi” ("Zemlya leoparda")ga öxşaş milliy parkning yaratilişi noyob hayvonlarni saqlab qoliş uçun qöyilgan juda muhim qadam”, - deya ta'kidladi “Qoplonlar hududi” qöriqxonasi direktori Tatyana Baranovskaya. 

Yangi park nafaqat bioxilma-xillikni saqlaşga, balki ilmiy faoliyat, ekologik ta'lim va ma'rifiy turizm uçun ham xizmat qiladi. Xitoy noyob hududning yaratilişiga 13 milliard yuan (taxminan 146 milliard rubl) ajratdi. 

 

Foto:© Flickr/ pnuk