Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik uchuvchilar Suriyada IShID jangarilari bilan jang vaqtida ittifoqchilarini tashlab ketishdi
AQSh harbiy havo kuchlari, Suriyadagi jangning eng hal qiluvchi onlarida, ittifoqchilarini o‘z hollariga tashlab qo‘ygani jangovar amaliyotning barbod bo‘lishiga sabab bo‘lgan, deb yozmoqda The Washington Post.
Gazeta manbalarining hikoya qilishlaricha, 28 iyun kuni amerikalik uchuvchilar muxolifatning Suriya sharqidagi Abu Kamol shahriga hujumini havodan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jangovar topshiriq olgan. Jang eng qizigan pallada uchuvchilar bu hududni tark etish va qo‘shni Iroqdagi Al-Faluja shahri chekkalariga zarba berish borasida ko‘rsatma olishgan.
Pentagon vakili Kris Harverning so‘zlariga ko‘ra, harbiy qo‘mondonlik IShIDning Al Falujada harakatlanayotgan yirik avtokarvonini yo‘q qilishni ma'qul ko‘rgan. Buning natijasida, Ozod Suriya armiyasi jangchilari Abu-Kamol ostonasida chekinishga majbur bo‘lishgan.
Nashrning yozishicha, mazkur amaliyotning barbod bo‘lishi, AQShning mintaqada diniy ekstremistlarga qarshi tura oladigan mahalliy jangovar bo‘linmalarni tashkil etish rejasini chippakka chiqargan. Bundan tashqari, nashr Qo‘shma Shtatlarning bir amaliyotni bajarish uchun harbiy salohiyatini katta hudud bo‘ylab u yoqdan bu yoqqa jalb etayotganini vaj qilib, uning mintaqada yirik kuchlari borligini shubha ostiga qo‘ygan.
AQSh yetakchiligidagi 66 davlatdan iborat xalqaro koalitsiya 2014 yildan beri IShID egallab turgan hududlarni bombardimon qiladi. Suriyadagi harbiy harakatlar esa, rasmiy hukumat roziligisiz tashkil etilmoqda.
Arxiv foto: © AP Photo/ helan M. Ebenhack
Mavzuga oid
10:25
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026