Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev Nikolay Aseyevning şe'rini kuyga solib, 2009 yilda “Sensiz yaşay olmayman” («Ya ne mogu bez tebya jit») qöşiğini yaratdi. Uning sözlariga köra, şe'rni biroz töğrilab, unga naqorat qöşişga töğri kelgan. “Menimça, yaxşi qöşiq çiqdi”, - deydi Atambayev. 

Kinorejissyor Furqat Tursunov tomonidan yaratilgan klipidan 1967 yilda “Mosfilm” tomonidan suratga olingan “Yana bir bora işq haqida” («Yeşçyo raz pro lyubov») filmi kadrlari örin olgan. 

Bundan avval internet tarmoqlarida Qirğiziston prezidentining birinçi klipi paydo bölgani töğrisida xabar bergan edik. Ilk qöşiq “Taqdirga qasdma-qasd” («Sudbe nazlo») deb nomlanib, uning klipiga ham retro kinofilm asos qilib olingan edi.