Qozoğistonning Qarağanda viloyatida ötkazilgan maxsus amaliyot çoğida qölga olingan ekstremistlar, qöporuvçiliklarni sodir etib bölgaç, Suriyaga qoçişni rejalaştirgan, deya xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasiga tayangan holda.
Avvalroq, respublika Milliy xavfsizlik qömitasi raisi Vladimir Jumakanov Qarağanda viloyatidagi mxsus amaliyot çoğida 6 nafar jangari qölga olingani haqida xabar qilgan edi. Uning sözlariga köra, uşlanganlarning barçasi mahalliy fuqarolardir. Ular, viloyatda qöporuvçiliklarni rejalaştirgan.
"Şundan söng, ular xalqaro terrorçilik guruhlari tarkibida jang qiliş uçun Suriyaga jönamoqçi bölgan", — deb xabar qilgan Qozoğiston MXQ.
Jangarilar, şuningdek, Balxaş şahridagi Rossiya harbiy bazasiga ham hujum uyuştirmoqçi bölişgan. Ayni vaqtda, ularning IŞIDga aloqadorligi tekşirilmoqda.
foto:© RIA
















