Plastik kartalaridan boshqa plastik kartalarga pul o‘tkazish imkoniyatini Payme xizmati taqdim etdi.
Deylik, do‘stingiz yoki qarindoshingizga pul berishingiz kerak yoki farzandingiz o‘qishida tushlik qilishi, yo‘lkira to‘lovlarini to‘lashi uchun pul zarur. Shu kabi holatlarda o‘z kartangizdan do‘stingiz, qarindoshlaringiz yoki farzandingizning kartasiga Payme orqali pul o‘tkazishingiz mumkin.
Bu uchun nima qilish kerak?
Birinchi yo‘l sodda va tez — https://payme.uz/ saytiga tashrif buyurasiz, saytning o‘zbek tilidagi versiyasini tanlaysiz hamda “Ro‘yxatdan o‘tmasdan to‘lovlar” bo‘limiga kirasiz.

Shundan so‘ng, saytning quyidagi suratda tasvirlangan oynasi ochiladi. Unda “O‘tkazma summasi” degan joyga 5000 so‘mdan 1 million (ba'zi banklarda 5 million) so‘mgacha bo‘lgan summani yozib, o‘zingizning plastik kartangiz raqami va amal qilish muddatini hamda qabul qiluvchining kartasi raqamini kiritib, “Jo‘natish” tugmasini bosasiz.

“Jo‘natish” tugmasi bosilgandan keyin, ekranda quyidagi oyna paydo bo‘ladi. Unda yozilishicha, plastik kartangizga ulangan telefon raqamingizga 6 belgilik kod yuborilgan va uni kiritib, tasdiqlashingiz bilan belgilagan summangiz boshqa plastik kartaga o‘tkaziladi.

To‘lov vaqtining o‘zida xizmat haqqi — 2% umumiy summaga qo‘shib ko‘rsatiladi. Ya'ni, 5000 ming so‘m o‘tkazayotgan bo‘lsangiz, kartangizdan 5100 so‘m yechib olinadi.
Pul o‘tkazish muvaffaqiyatli yakunlangach, bu haqda saytda ma'lumot paydo bo‘ladi.
Ikkinchi yo‘l esa qo‘shimcha imkoniyatlar bilan taqdim etilgan. Buning uchun https://payme.uz/ saytiga tashrif buyurib, quyidagi suratda tasvirlangan bo‘limda ro‘yxatdan o‘tasiz. Agar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, telefon raqamingiz va parolni terib, Payme xizmati saytiga kirasiz.
















