Belarus özining bir qator korxonalaridan Rossiyaga göşt mahsulotlari eksport qilişni vaqtinçalik töxtatdi, deb aytilmoqda Belarus qişloq xöjaligi va oziq-ovqat vaziri örinbosari Aleksandr Subbotinning Rosselxoznadzor rahbari Sergey Dankvert nomiga yozilgan maktubida.
Hujjatda Belarus tomoni sifat standartlariga mos kelmaydigan mahsulotlarning işlab çiqarilişini keltirib çiqargan omillarni tergov qilişni taşkillaştirgani aytilgan.
Avvalroq Rosselxoznadzor Belarus veterinar va oziq-ovqat nazorati departamentiga belaruslik işlab çiqaruvçilar mahsulotlarida ma'lum qilinmagan gen-modifikatsiyalaşgan komponentlar aniqlangani sababli Belarusning bir qator korxonalaridan Rossiyaga mahsulot yetkazib berilişini töxtatiş iltimosi bilan murojaat qilgandi.
















