Amerikaning Tesla Motors kompaniyasi şu haftada yangi loyihani taqdim etadi. Bu haqida kompaniya rahbari Ilon Mask özining Twitter ijtimoiy tarmoğidagi mikroblogida ma'lum qildi.
"Tesla maxfiy boş rejasining ikkinçi qismi ustida iş olib borilmoqda. U haqida biroz keçroq, şu haftada ma'lumot berilişiga umid qilamiz", - deyiladi xabarda. AQŞda haftaning birinçi kuni yakşanba hisoblanadi.
Mask 2006 yilning avgust oyida ham xuddi şunday ma'lumot bergan. Öşanda u blokda "Tesla Motors'ning maxfiy boş rejasi (faqat oramizda qolsin)" sarlavhasi ostida maqola çiqargan, unda Mask keyinçalik Model S va Model 3 nomlarini olgan elektromobillar işlab çiqariş niyati borligi töğrisida xabar qilgandi. Bu galgi yangilik qanday bölişiga oydinlik kirtilmagan.
















