Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kemeron iste'foga chiqqanini e'lon qilganidan so‘ng kuylab yubordi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron yaqin kunlarda iste'foga chiqishini e'lon qilganidan so‘ng mikrofonni o‘chirish yodidan ko‘tarilib, Dauning-strit 10 ko‘chasida joylashgan Britaniya vazirining qarorgohiga kiraverishda kuy xirgoyi qilgan.
Mazkur videoni VVS muxbiri Deniyel Senford o‘zining Twitter'dagi sahifasida namoyish qildi.
Videotasmada Kemeron avval yig‘ilgan jurnalistlarga "Katta rahmat sizlarga" deb minnatdorchilik bildiradi, so‘ng binoga qarab yo‘l oladi.
Bino eshigi yonida bosh vazir "tu, tu, du, du" deya kuy xirgoyi qila boshlaydi va hoynahoy, jurnalistlar oldida qilgan chiqishidan mamnun bo‘lib o‘ziga-o‘zi "Ha, hammasi yaxshi" deydi.
May oyida ham shunday holat ro‘y bergan edi - Kemeron mikrofonning yoqig‘ligini yodidan chiqarib qo‘ygandi.
O‘shanda u bir qator vazirlar va qirolicha Yelizaveta II'ning yonida "Nigeriya va Afg‘oniston dunyodagi poraxo‘rlik eng yuqori darajada avj olgan mamlakatlar bo‘lsa kerak" deb, siyosiy jihatdan noto‘g‘ri fikr bildirgan edi.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026