Qozoğistonning Qarağanda viloyati Yerkindik aholi punktida kuydirgi kasalligi avj olgani sabab joriy qilingan favqulodda holat tartibi 3 kunga uzaytirildi, deb ma'lum qilgan respublika qişloq xöjaligi vazirligi veterinar nazorat qömitasi inspeksiyasi rahbari Marat Muxtarov.
Avvalroq, Şet tumani Yerkindik qörğonining 9 nafar fuqarosi kuydirgi kasalligini yuqtirganlikda gumon qilinib, yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan, ularning ikki nafari hayotdan köz yumgandi.
Keyinçalik, Qozoğiston milliy iqtisodiyot vazirligi, Yerkindik qişloğining 8 nafar vakiliga "kuydirgi" taşxisi qöyilganini ma'lum qilgandi. Ular viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanişgan, qörğonda 15 kunlik karantin joriy qilingan edi.
Endilikda, mazkur çeklovlar qöşimça ehtiyotkorlik yuzasidan uzaytirilgan va aholi punktida ötkazilgan dezinfeksiya işlarining sifatiga oid xulosalardan söng bekor qilinadi.
















