Şvetsiya hukumati Iroq Kurdistonidagi peşmerga kuçlarini tayyorlovçi harbiylari sonini köpaytirişni rejalaştirmoqda. IŞID terrorçilik guruhiga qarşi kuraşayotgan xalqaro koalitsiya şu mazmunda murojaat qilgan, deb xabar qilmoqda Şvetsiya Radiosi. 

Şvetsiya mudofaa vaziri Peter Xultkvistning sözlariga köra, şved harbiylarining faoliyatini kengaytiriş yöli bilan IŞIDga qarşi kuraşga hissa qöşiladi. Uning aytişiça, köplab davlatlar allaqaçon şunday yöl tutgan. Şvetsiya ham ulardan örnak olişi maqsadga muvofiq. 

Xabarlarga köra, Iroqdagi şvetsiyalik harbiylar soni 35dan 70 nafarga yetkaziladi. Mamlakat hukumati uşbu masala yuzasidan yaqin orada yakuniy qaror qabul qilişi kutilayapti. Koalitsiya sörovida şuningdek, tibbiy anjomlar bilan jihozlangan tibbiyot mutaxassislarini jönatiş ham qayd etilgan. 

Radioning xabar qilişiça, Şvetsiya Iroqdagi harbiylari sonini ikki baravarga köpaytiriş xususidagi qarorini kelasi hafta IŞIDga qarşi koalitsiyaning Vaşingtonda bölib ötajak yiğilişida rasman e'lon qiladi.