YuNeSKOning Butunjahon merosi qömitasi 13 iyuldagi yiğilişida Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan Şahrisabzning tarixiy markazini xavf ostida turgan obektlar röyxatiga kiritdi. Bu qaror, mutaxassislarni tuman sayyohlik infraqurilmasi masalasi böyiça jiddiy taşvişga qöydi. Çunki şaharda jahon madaniyati sirasiga kiruvçi obidalar qad rostlagan. Bu haqda taşkilot saytida ma'lum qilingan.

Qömita şaharda joylaşgan örta asrlarga taalluqli obektlarga jiddiy ziyon yetgani va zamonaviy binolar, jumladan, mehmonxona va boşqa binolarning qurilişi şaharning tarixiy qiyofasiga salbiy ta'sir körsatganligini qayd etmoqda.
YuNeSKOning Butunjahon merosi markazi va Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylarni qöriqlaş kengaşi (IKOMOS) özaro hamkorlikda Şahrisabzga missiya uyuştiradi. Ular vaziyatni önglaş va zarar miqdorini qayd etiş uçun zarur çora-tadbirlarni körişadi.

YuNeSKOning Butunjahon merosi qömitasining 40-sessiyasi Istanbulda öz işini davom ettirmoqda. U 20 iyulda tugaydi.