AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri CNN telekanali efirida mamlakat hukumati Turkiyadan islom imomi Fathulla Gulenning ekstraditsiya qilinişi böyiça hali rasmiy sörov olmagani ma'lum qildi.  

"AQŞ heç kimni yaşirmayapti, biz heç qaçon Gulenning berilişi haqida rasmiy sörov olmaganmiz, biz har doim: "Bizga isbotlar bering, bizga sud hakamlarimiz sörovni ma'qullaşlari uçun ekstraditsiya standartlariga muvofiq keladigan puxta huquqiy asos kerak", deganmiz", deb aytdi Kerri. 

Kerrining aytişiça, Turkiya ayni vaqtda Gulenning berilişi böyiça sörov matnini tayyorlamoqda va uni AQŞga yuboradi.

Kerri Turkiya tomonidan mamlakatda harbiy töntaruvga urinişda "AQŞning iştirokini aytiş mas'uliyatsizlik" bölganini ta'kidlab ötdi.  

Avvalroq Rajab Toyib Erdöğan AQŞdan Gulenning berilişi söroviga munosabat bildirilişini kutayotganlarini aytgan. Erdöğan bu haqda töntaruv vaqtida halok bölganlar dafn marosimida aytib ötgan.

Anqara Gulenni harbiy töntaruvga urinişda ayblamoqda.