BAA hukumati oylik maoşi 540 dollardan kam bölgan xodimlarni turar joy bilan ta'minlaş töğrisida qaror qabul qildi. Bu haqida France press ma'lum qildi.
Unga köra, yangi qoidalar asosan BAAdagi asosiy işçi kuçi hisoblangan Janubiy Osiyo mamlakatlari vakillariga tegişli.
Joriy yilning dekabr oyidan kuçga kiradigan yangi qoidalar faqatgina tarkibida 50 nafardan ortiq xodimi bölgan kompaniyalarga taalluqli.
Agentlikning ma'lum qilişiça, BAA huquqni muhofaza qiliş organlar tomonidan xorijiy işçilarga yomon munosabatda bölişda ayblanadi. Şu bois hukumat xodimlar xavfsizligi va soğliği haqida qayğurib, ularning tasarrufiga taqdim etiladigan turar joylarni muntazam nazorat qilişni hamda qarorni ijro qilmagan kompaniyalarga nisbatan huquqiy çoralar körişni rejalaştirmoqda.
















