Nitstsada sodir bölgan terakt qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltiriş uçun taşrif buyurgan Fransiya vazirlar mahakamasi rahbari Manuel Valsni xalq norozilik kayfiyatida qarşi oldi. Bu haqida Le Figaro naşri ma'lum qildi. 

Vals Nitstsadagi terror qurbonlari xotirasiga umummilliy sukut saqlaş marosimida qatnaşiş uçun taşrif buyurdi. Boş vazir va uning hamrohlari ommada paydo bölişi bilan yiğilganlar huştak çalib va şovqin kötarib, öz noroziliklarini bildirişdi. 

Ba'zilar hukumat rahbari iste'fosini talab qilişdi hamda  “Şarmanda!”, “Qotillar!” deya qiçqirişdi. 

Manbaga köra, boş vazir ketayotgan çoğida ham norozilik namoyişi va huştaklar bilan kuzatilgan. 

18 iyulda çop etilgan ijtimoiy fikr sörovnomasiga köra, fransuzlarning 67 foizi mamlakat prezidenti Fransua Olland va uning hukumati fuqarolarning xavfsizligini ta'minlaşga hamda terrorçilikni mağlub qilişga qodir emas, deb hisoblaydi.