Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayevning navbatdagi – “Ölimdan qörqmayman” qöşiğiga olingan klipi internet tarmoğida paydo böldi. Bu haqida knews portali ma'lum qildi.
Manbaga köra, mazkur kompozitsiya Sergey Orlov söziga yozilgan bölib, u Ikkinçi jahon uruşi askarlariga bağişlangan. “Qöşiqning sözlarini xotiramda qolgani böyiça ijro etdim, şu bois undagi sözlar özgargan bölişi mumkin. Internet tarmoğida bu şe'r yöq ekan”, - deya izoh berdi Atambayev.
Yangi qöşiqqa videoklip sifatida Grigoriy Çuxrayning “Ballada o soldate” (“Askar haqidagi ballada”) filmi kadrlari olingan.
Iyul oyida Atambayevning ikkita klipi namoyiş etilgan edi – “Taqdirga qasdma-qasd” va “Sensiz yaşay olmayman”.
Prezident devonining axborot siyosati bölimi ma'lum qilişiça, Qirğiziston rahbari avgust oyida mehnat ta'tiliga çiqqanida qirğiz tilida beşta qöşiqni yozişni rejalaştirmoqda.
Qirğiziston prezidenti özining 60 yoşlik yubileyiga (17 sentabrda Atambayev 60 yoşga töladi) 10 ta qöşiqdan iborat kompakt disk çiqarişga va'da bergan: unga 5 ta rus tilida va 5 ta qirğiz tilidagi qöşiq kiritilişi rejalaştirilgan. Kinorejissyor Furqat Tursunov eski kinolentalar asosida ularga videoklip yaratadi.
















