Yevropa komissiyasi YeIning aksildemping qonunçiligiga özgartişlar kiritişni ilgari suradi. Xitoy JST (Jahon savdo taşkiloti) a'zosi sifatida bozor iqtisodiyotiga ega davlat maqomini olgaç, Yevropa bozorida mahsulotlar narxini qasddan arzonlaştirib sotişi (deming)ga qarşi çora sifatida Yevropa qonunçiligi kuçaytiriladi, degan bandlik, iqtisodiy taraqqiyot, sarmoya va raqobat masalalari böyiça YeK vitse-prezidenti Yurki Kataynen.
Rasmiy Pekin, XXR 2016 yil 11 dekabridan boşlab, mamlakatning JSTga a'zo bölişi töğrisidagi hujjat bandidan kelib çiqqan holda, öz-özidan bozor iqtisodiyoti maqomiga ega bölişini ta'kidlab keladi.
Kataynenning aytişiça, Xitoy bozor iqtisodiga asoslangan davlat yoki yöqligiga oydinlik kiritiş bugungi kun mavzusi emas. Çunki, YeI Xitoyni şunday davlat sifatida tan olişga tayyor emas.
Xitoydagi işlab çiqariş quvvatlarining ortiqçaligi barobarida, Yevropa aksildemping qonunlarini Xitoyga nisbatan joriy qilişda murakkabliklar vujudga kelişi mumkin. Bundan taşqari, Yevropa öz bozorini Xitoy mahsulotlariga oçişi ortidan 3,5 mln iş örnini yöqotişi taxmin qilinmoqda. Ammo, şu bilan birga, Xitoyning yirik savdo hamkori hisoblangan YeI Xitoy bozoriga bemalol kiriş imkoniga ega böladi.
















