Xalqaro Valyuta Jamğarmasi "G-20" mamlakatlarini, iqtisodiyotda kuçayib borayotgan siyosiy xavflarga qarşi kuraşiş maqsadida globallaşuv jarayoniga turtki berişga çaqiradi, deyiladi Jamğarmaning 23-24 iyul kunlari Xitoyda bölib ötadigan "G-20" moliya vazirlarining anjumaniga tayyorlagan hujjatida.
"Siyosiy xavf-xatarlarning tobora ortayotgani bois, siyosatçilar köptomonlama munosabatlar va globallaşuv ruhiyatini tiklaşi va uning ijobiy jihatlarini köpaytirişi lozim", — deyiladi hujjatda.
"Iş örinlarining qisqarişi yoki yöqolişiga jiddiy e'tibor qaratiş kerak. Salbiy qaraşdagi aholi qatlamlari orasida globallaşuv jarayoniga oid ijobiy fikrlarni uyğotişga harakat qiliş maqsadga muvofiq. Bu esa, moliyaviy zaxiralarni işga solişni talab etadi", — deb qayd etgan jamğarma.
Ammo, XVJning ta'kidlaşiça, aynan siyosiy bölmagan sabablar iqtisodiyot uçun juda xatarli hisoblanadi. Bular, terrorizm, Şarqiy va Janubiy Afrikadagi qurğoqçilik kabi tabiiy ofatlar hamda yangi kasalliklardir.
















