Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari: Su-24 samolyotini urib tushirganlar davlat to‘ntarishiga aloqador
Suriya osmonida Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirganlar Turkiyadagi davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishgan.
Bu haqda, Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Mehmet Shimshek G20 moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlarining sammiti doirasida TASSga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
"Rossiya jamoatchiligi, Su-24 samolyotini urib tushirgan uchuvchilar keyinchalik davlat to‘ntarishiga urinishda ham ishtirok etganlarini bilishini istardim. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, biz qandaydir yashirin til biriktirishga duch keldik", - degan Shimshek.
Uning qayd etishicha, samolyotni urib tushirish "siyosiy mazmunga ega bo‘lmagan". Shimshek ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda xavotirlar ko‘zga tashlanmasligiga umid bildirdi. U, shuningdek, Turkiya hukumati Rossiya bilan do‘stona aloqalarni yaxshilash niyatida ekanini ta'kidlagan.
“Turkiya va Rossiya aloqalarining yaxshilanishi ikki mamlakat iqtisodiyotlari uchun ham birdek foydali bo‘ladi”, - degan Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari.
Mavzuga oid
12:21 / 21.11.2025
G20 JARda: sammit Tramp, Si va Putinsiz start olmoqda
20:58 / 13.11.2025
Tramp va Putin ortidan Si ham G20 sammitiga borishdan bosh tortdi
12:24 / 08.11.2025
Tramp JARdagi G20 sammitiga boykot bilan tahdid qilmoqda
09:10 / 20.11.2024