Turkiya hakamlar va prokurorlar Oliy kengashi (HSYK) Oliy sudning 75 nafar yangi a'zosi va hakamlik sudlarining 267 a'zosini tayinlaganini ma'lum qildi.
Avvalroq, Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim, davlat to‘ntarishiga oid surishtiruv ishlari doirasida 2100 sudya va prokuror ishdan bo‘shatilgani haqida bayonot bergan edi.
HSYK xabariga ko‘ra, yangi hakamlarning tayinlashi, Oliy va hakamlik sudlari a'zolarining vakolat muddati tugashi bilan bog‘liq.
















