BMT boş kotibining gumanitar masalalar böyiça örinbosari Stiven ÖBrayyen, Suriyaning Halab şahrining şarqiy qismidagi 250 ming kişiga insonparvarlik yordamini taşkil etiş maqsadida har hafta 48 soatlik muvaqqat sulh joriy qilişni taklif etdi. U, BMT XKning majlisida nutq qilib, uning a'zolarini mazkur ğoyani qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. 

"Men tomonlarni va ularga ta'sir ötkaza oladiganlarni şarqiy Halabda 48 soatlik gumanitar sulh joriy etişga çaqiraman. Şundagina, BMT va uning hamkorlari front ortida qamalib qolgan çorak million kişiga yordam beriş imkoniga ega böladi. Bu faqatgina taşkilotning gumanitar rahbari sifatida mening nomimdan emas, balki butun xalqaro hamjamiyat çağiriği sifatida qabul qilinişi kerak", - degan ÖBrayyen.

Uning sözlariga köra, Halab şarqidagi oziq-ovqatlar zaxirasi avgust oyi örtalarigaça yetadi. Suriyaning yirik şahrida keng qamrovli harbiy harakatlar tobora avj olayotgani bois, gumanitar yuklar yetkazib beriş amaliyoti barham topgan va endilikda "şahar aholisiga qamalda qoliş xavf solmoqda".