Kanadada bir ayol jarohatlovçi quroldan uyi atrofida pokemonlar tutiş bilan maşğul bölgan odamlarni öqqa tutdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Mahalliy politsiyada ma'lum qilinişiça, 29 yoşli ayol ikki qavatli uyining tomidan odamlarga qarata kamida 4 ta öq uzgan. Ta'kidlanişiça, ayol uyi atrofida pokemonlar tutiş bilan ovora bölgan önlab odamlar töplanib olgan. 

Endi ayol ziyon yetkaziş maqsadida qurol saqlaş va hujum qilişda ayblanmoqda. Bu ayblovlarga köra u 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. 

Politsiyada qöşimça qilinişiça, "pokemonçilardan" heç kim jabrlanmagan.