Quyoş batareyalarida parvoz qiluvçi Solar Impulse 2 samolyoti 26 iyul tungi payt özining dunyo böylab sayohatining oxirgi nuqtasi – Abu-Dabida muvaffaqiyatli qöndi. Samolyot aynan şu şahardan 2015 yil 9 martda Yer atrofi böylab sayohatini boşlagandi.     

Bu haqda loyihaning tvitterdagi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi. 

"Bertran Pikkar boşqaruvidagi Solar Impulse 2 samolyoti Abu-Dabida muvaffaqiyatli qöndi", deyilmoqda xabarda.

Dastlab sayohat 17 iyulda yakunlanişi kutilgandi. Biroq uçuvçilardan biri Bertran Pikkarning salomatligidagi muammolar sababli bir neça kunga surildi.

Uçuvçilar Andre Borşberg va Bertran Pikkar boşqaruvidagi samolyot öz sayohati davomida dunyoning 15 ta davlatida töxtaş amalga oşirdi. 

Samolyotning qanotlari quloçi 72,3 metrni, oğirligi 2,3 tonnani taşkil qiladi. Samolyotda 17 ming 248 ta quyoş batareyasi örnatilgan bölib, ulardan olinadigan quvvatdan 4 ta elektromotor işlaydi. Samolyotning kreyserlik tezligi soatiga 140 kmni taşkil qiladi.