“Uyda yolğiz” filmidagi yovuz Marv roli orqali tanilgan aktyor Deniyel Stern öz uyida örgimçakni körib, özining afsonaviy qiçqiriğini takrorladi. Bu haqida Hollywood Reporter naşri ma'lum qildi.
“Dam oliş kunida meni eski “döstim” yöqladi”, - deya izoh berdi Stern.
Aktyor örgimçak solingan çelakni qoğoz bilan yopib, uni töntarib qöydi.
“Keling, endi uning içiga nazar solamiz”, - deydi u kameraga katta örgimçakni körsatib. “Xuddi kinodagidek, şunday emasmi?”, - deya kuldi Stern öziga xos bölgan dahşatli qiçqiriq bilan.
“Uyda yolğiz” filmidagi tarantul sahnasi haqiqiy bölgan, bu qiçqiriq studiyada yozilmagan.
“Men film ijodkorlaridan “qiçqiriğim tarantulni çöçitib yubormaydimi” deya söraganimda, ular menga örgimçaklarning eşitmasligini aytişdi. Men bu filmga juda sodiq bölganman va har bir ijroimning haqqoniy çiqişini istaganman”, - deydi aktyor.
















